Doʼkon haqida
iTech — Samarqanddagi Apple texnikasi doʼkoni. Trade-in va nasiya savdosi.
Nima sotamiz
Rasmiy kafolatga ega yangi Apple texnikasi va tekshirilgan ishlatilgan qurilmalarini sotamiz. Har bir ishlatilgan qurilma sahifasida uning holati, batareya sigʼimi va mavjud kamchiliklari ochiq koʼrsatilgan.
Ishlatilgan texnikani qanday tekshiramiz
Har bir qurilma sotuvga qoʼyilishidan oldin toʼliq tekshiriladi: korpusi va ekrani, batareya sigʼimi, qurilmaning ochilgan yoki ochilmaganligi, shuningdek, biror qismi almashtirilgan yoki almashtirilmaganligi aniqlanadi. Aniqlangan barcha holatlar mahsulot sahifasida ochiq koʼrsatiladi.
Nasiya va almashtirish
Nasiya savdosi mavjud. Eski texnikangizni yangisiga almashtirib olishingiz mumkin. Shartlarini doʼkonda kelishib olamiz.