Yordam

Doʼkonning ish vaqtida javob beramiz, odatda kun davomida.

Koʼp beriladigan savollar

Nega yangi texnikaning narxi koʼrsatilmagan?

Yangi texnika narxlari dollar kursiga qarab oʼzgarib turadi. Saytda eskirib qolgan narx turgani esa odamni chalgʼitadi — shuning uchun narxni koʼrsatmaymiz.

Mahsulot sahifasida «Narxni bilish» tugmasini bosing yoki filialga qoʼngʼiroq qiling — bugungi narxni aytamiz, mahsulot bor-yoʼqligini ham tekshirib beramiz.

Mahsulotni qanday band qilaman?

Mahsulot Telegram-botimiz orqali band qilinadi: bot uni 15 daqiqaga ushlab turadi va garov toʼlovi uchun QR yuboradi.

Sotuvchi toʼlovni tasdiqlagach, mahsulot sizniki boʼladi — filialning ish vaqtida oʼzingizga qulay paytda kelib olib ketasiz.

Ishlatilgan texnikaga qanday kafolat beriladi?

Har bir ishlatilgan qurilmaga doʼkonimiz 12 oy kafolat beradi — muddati mahsulot sahifasida yozilgan.

Batareya holati, qurilma ochilgan-ochilmagani va kamchiliklarini yashirmay yozamiz: hammasini xariddan oldin koʼrib olasiz.

Nasiya qanday ishlaydi?

Nasiyani xarid paytida filialda hamkor tashkilot rasmiylashtiradi. Pasport bilan keling — shartlari va muddatlarini sotuvchi tushuntirib beradi.

Toʼlov jadvali hamkorning ilovasida yuritiladi, toʼlovlar ham oʼsha yerda qilinadi: biz toʼlov qabul qilmaymiz va eslatma ham yubormaymiz.

Yetkazib berish qanday ishlaydi va qachon toʼlanadi?

Ilovada savatga mahsulot qoʼshing — Samarqand boʼylab bepul yetkazib beramiz. Sotuvchi mahsulot borligini tekshiradi, narxi va muddatini hisoblab, hisobni Telegramga yuboradi.

Toʼlov faqat hisob kelgandan keyin qilinadi — koʼrsatilgan summani aynan oʼtkazasiz: bu summa buyurtmangizning kodi hamdir. Pul kelib tushganini kassir tasdiqlaydi, shundan soʼng buyurtma yoʼlga chiqadi.

Ishlatilgan texnika va filialda bor mahsulotlarni toʼlov kuniyoq yetkazamiz — kutish kerak emas. Yangi mahsulot omborda boʼlmasa, toʼlovdan keyin 1–2 kunda keltiramiz: maʼlum sanaga sovgʼa kerak boʼlsa, oldindan buyurtma qiling. Juda shoshilinch boʼlsa, filialga qoʼngʼiroq qiling.

Hisob va maʼlumotlarni qanday oʼchiraman?

Ilovada «Profil» boʼlimiga kirib, «Hisobni oʼchirish» tugmasini bosing. Hisobingiz va unga tegishli maʼlumotlar — sevimlilar, bildirishnomalar, Telegram ulanishi — darhol oʼchiriladi.

Ilovaga kira olmasangiz, roʼyxatdan oʼtgan raqamingizdan filial Telegramiga yozing — 30 kun ichida oʼchirib beramiz.

Qilingan xaridlar haqidagi maʼlumotlar buxgalteriya qoidalari boʼyicha saqlanib qoladi, lekin ism va telefonsiz — shaxsni aniqlab boʼlmaydigan koʼrinishda.

Ilovada bildirishnomalar kelmayapti

Telefon sozlamalarida iTech ilovasiga bildirishnomalarga ruxsat berilganini tekshiring. Profilda qaysi til tanlangan boʼlsa, bildirishnomalar oʼsha tilda keladi.

Biz ishlatilgan texnika yangiliklari va doʼkon xabarlarini yuboramiz. Nasiya toʼlovlari haqidagi eslatmalar esa hamkorning ilovasidan keladi.

Javob topilmadimi?

Filial Telegramiga yozing yoki qoʼngʼiroq qiling — ish vaqtida javob beramiz.

Kontaktlar