Nasiya savdo

Texnikani hoziroq oling, pulini boʼlib-boʼlib toʼlang. Rasmiylashtirish doʼkonda, 15–20 daqiqa vaqt oladi.

Qanday ishlaydi

  • Katalogdan yoki doʼkondan mahsulot tanlaysiz.
  • Sotuvchi bugungi narxni aytadi va toʼlov jadvalini hisoblab beradi.
  • Shu yerning oʼzida rasmiylashtiramiz — pasportingiz kifoya.
  • Muddatlar: 6, 12, 24 oy.

Nega toʼlov saytda koʼrsatilmagan

Oylik toʼlov xarid kunidagi narxga va tanlangan muddatga bogʼliq, yangi texnika narxi esa kursga qarab oʼzgarib turadi. Eskirgan raqamlar bilan chalgʼitib qoʼymaslik uchun toʼlovni sotuvchi hisoblab beradi.